“SIMURG” Aksiyadorlik Jamiyati kelajakda 2016 - 2020 yillarda o’z vazifalarni ta’minlash maqsadida Jamiyat ishlarining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat bo’ladi:
1.    Tasdiqlangan prognoz ko’rsatkichlari va o’sish darajasi ko’rsatkichlarini amalga oshirish
2.    Ish hajmini oshirish va  chetdagi xaridorlarni jalb etish maqsadida bozor tadqiqotlarini olib borish.
3.    Yuqori sifatli ishini bajarish uchun mutaxassislarni tanlash va boshqa mutaxassisliklarni tayyorlash.
4.    Ijarachilar bilan sifatli va o’z vaqtida ishlarni bajarilishini rag’batlantirish va ishda qulay shart-sharoitlarni yaratish.
5.    2016 – 2020 yillar mobaynida ichki resurslarni safarbarlik yo’li bilan rentabelligini oshirish.

“SIMURG” Aksiyadorlik Jamiyatining marketing strategiyasida asosiy maqsadi – doim  o’zgarib turadigan sharoitda samarali ish ta’minoti, mijozlar qiziqishiga binoan Aksiyadorlik Jamiyatining  raqobatbardoshliligi, ish munosabatida barqarorlik uchun shart-sharoitlar yaratuvchi umumiy imidj, tuzilish vа xizmat sifatini saqlab qolish.

Yuqori sifat vа belgilangan uskunalar operasiyalarning ishonchliligi – ishlab chiqarishda muhandislik tayyorgarlik, yuqori malakali kadrlar vа ularning doimiy ravishda o’qitib borilishi bilan ta’minlanishidir.

“SIMURG” Aksiyadorlik Jamiyati mutaxassislarining qo’shimcha bajariladigan doimiy ravishdagi ta’mirlash ishlarining izlanishi davom etmoqda.

“SIMURG” AKSIYADORLIK JAMIYATI FAOLIYATINING MOLIYAVIY PROGNOZ KO’RSATKICHLARI
2016 – 2020 YILLARDA.

Ko’rsatkichlar

Prognoz(mln. so’mda)

2016 y. 2017 y. 2018 y. 2019 y. 2020 y.

I

 Sotishdan tushgan sof foyda 8 811 040 8 816 569 8 820 399 8 822 251 8 825 332
II  Sotilgan tovarlar va xizmatlar bahosi 2 079 647 2 080 852 2 081 756 2 082 193 2 083 006
III  Yalpi moliyaviy natija 6 731 393 6 735 717 6 738 643 6 740 058 6 742 326
IV  Davr xarajatlari 1 489 199 1 485 266 1 481 000 1 479 525 1 477 233
V  Asosiy faoliyatdan foyda 5 242 194 5 250 451 5 257 643 5 260 533 5 265 093
VI  Moliyaviy faoliyatdan daromadlar 100 000 100 500 101 000 103 000 105 000