2019 yil 28 iyun kuni "SIMURG" AJ aktsiyadorlarining umumiy yig'ilishi o'tkaziladi.

2019 yil 18 fevral kuni "SIMURG" AJ aktsiyadorlarining umumiy yig'ilishi o'tkaziladi.

image0032015 yilda fond birjasida qimmatli qog'ozlar bilan amalga oshirilgan bitimlar soni so'nggi besh yildagi rekord ko'rsatkichni – 2794 tani tashkil etib, 2014 yilga nisbatan deyarli 3 marta (893 ta bitim) yuqori natija qayd etildi.
Yil mobaynida fond birjasi savdo aylanmasining umumiy hajmida ham sezilarli o'sish kuzatilib, yil boshidan buyon birja savdo aylanmasi 161,0 mlrd. so'mni tashkil qildi va 2014 yilga (97,6 mlrd. so'm) nisbatan 1,7 martaga oshdi. Bu davrda birja savdolari orqali 78 ta aksiyadorlik jamiyatining 357,0 mln. dona qimmatli qog'ozlari bilan birja bitimlari amalga oshirildi.
Umumiy birja savdo aylanmasida qimmatli qog'ozlar ikkilamchi bozorining ulushi 58,8 foizni yoki 94,7 mlrd. so'mni tashkil etdi. Bu 2014 yilga (32,2 mlrd. so'm) nisbatan deyarli 3 martaga yuqoridir. Shundan 7,5 mlrd. so'mligi korporativ obligatsiyalar bilan imzolangan bitimlardir. Birlamchi bozor ulushi esa 41,2 foiz yoki 66,3 mlrd. so'mdan iborat bo'ldi.
Birja umumiy savdo aylanmasida bank sektorining ulushi yuqori bo'lib, savdo aylanmasining 87,8 foizi yoki 141,4 mlrd. so'mlik hajmi tijorat banklarining qimmatli qog'ozlari bilan amalga oshirilgan bitimlar hissasiga to'g'ri keladi. Agrosanoat majmuasining ulushi esa – 7,4 foiz yoki 11,8 mlrd. so'mga yetdi.
Fond birjasining 2015 yil umumiy savdo aylanmasi tarkibi investorlar toifasiga ko'ra tahlil qilinganda, uning asosiy qismi, ya'ni 81,8 foizi (95,0 mlrd. so'm) yuridik shaxslar tomonidan kiritilgan investitsiyalardir. Shuningdek, o'tgan yil davomida fond birjasi savdolarida jismoniy shaxslarning ishtiroki sezilarli darajada faollashib, ro'yxatga olingan umumiy bitimlar sonining 77 foizi yoki 2153 donasi jismoniy shaxslar ishtirokida amalga oshirilgan.
Fond birjasi faoliyatining ustuvor yo'nalishlaridan biri respublikamizdagi moliyaviy barqaror va likvidli aksiyadorlik jamiyatlarini yanada ko'proq birja listingiga jalb qilish hisoblanadi. Agar 2015 yil boshida birja kotirovkalash varag'iga kirgan jamiyatlar soni 133 tani tashkil qilgan bo'lsa, yil davomida 128 ta yangi aksiyadorlik jamiyatlari birja listingiga kiritildi hamda 2015 yil 31dekabrь holatida birja kotirovkalash varag'iga kirgan jamiyatlar soni 261 taga tashkil etdi (31.12.2014y. holatida – 138 AJ).


Qo'mita Matbuot xizmati

http://www.gkk.uz/

УВАЖАЕМЫЙ АКЦИОНЕР АО «SIMURG» !

Акционерное общество «SIMURG», расположенное по адресу: 100007, г.Ташкент, Яшнободский район, ул. Паркентская, 7 тор, д. 2, e-mail: Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак., веб-сайт – www.aosimurg.uz, извещает о проведении внеочередного Общего собрания акционеров, которое состоится 26 декабря 2017 года по адресу: г.Ташкент, Яшнободский район, ул. Паркентская, 7 тор, д. 2, административное здание. Начало собрания в 10:00 часов.

ПОВЕСТКА ДНЯ:

1. Утверждение крупной сделки по реализации основных средств АО «SIMURG», расположенных по адресу: г.Ташкент, Яшнободский р-н, ул. Паркентская, 7 пр., д. 2 (Литер 0001 – 0008 на земельном участке площадью 18666 кв.м.).
2. Утверждение проекта договора купли-продажи недвижимости.

Реестр акционеров для оповещения о проведении внеочередного общего собрания акционеров АО «SIMURG» будет закрыт по состоянию на 04.12.2017 года и для проведения внеочередного общего собрания акционеров АО «SIMURG» по состоянию на 20.12.2017 года.

С информацией, подлежащей предоставлению акционерам в соответствии с законодательством при подготовке к внеочередному Общему собранию акционеров АО «SIMURG», можно ознакомиться в Обществе по вышеуказанному адресу или по телефону 269-55-09.

Регистрация акционеров будет проводиться с 09:30 часов до 10:00 часов. Акционерам при себе иметь паспорт, а представителям акционеров – паспорт и доверенность на голосование, удостоверенную нотариально для физических лиц, за подписью руководителя с приложением печати для юридических лиц.

При этом напоминаем, что в соответствии со статьей 42 Закона Республики Узбекистан «Об акционерных обществах и защите прав акционеров», акционер обязан своевременно информировать Центральный депозитарий и (или) инвестиционного посредника, оказывающих услуги по учёту прав на его акции, об изменениях своих данных. В случаях не предоставления акционером информации об изменении своих данных, Центральный депозитарий и (или) инвестиционный посредник, оказывающие услуги по учёту прав на его акции, не несут ответственности за причиненные акционеру в связи с этим убытки.

А также, в соответствии со статьей 62 вышеуказанного закона, сообщение о проведении общего собрания акционеров направляется акционерам по электронной почте.

Во исполнение Закона Республики Узбекистан «Об акционерных обществах и защите прав акционеров» от 06.05.2014 года № ЗРУ-370 и поддержания актуальных данных об акционерах убедительно просим всех акционеров обратиться в общество и к обслуживающему инвестиционному посреднику для обновления данных и предоставить свои адреса электронной почты на e-mail АО «SIMURG»: Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак..

Наблюдательный совет АО «SIMURG»

 

 

 

 

 

image001Joriy yilning 16 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasida Qo'mita, uning hududiy organlari va tarkibiy tuzilma tashkilotlarining 2015 yilning yakunlariga bag'ishlangan  kengaytirilgan Hay'at yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Yig'ilishni Davlat raqobat qo'mitasi raisi Davron Xidoyatov olib bordi.

2015 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlaridan kelib chiqqan holda, o'tgan hisobot davrida Qo'mitaning faoliyati:
- xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik yo'lidagi barcha g'ov va to'siqlarni bartaraf qilish;
- aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitallariga xorijiy investorlarning  15 foizdan kam bo'lmagan ulushi jalb qilinishini ta'minlash;
- korporativ boshqaruv tizimidagi  tamoyillar va yondashuvlarni tubdan o'zgartirish, ishlab chiqarish, tashqi iqtisodiy va investitsiya jarayonlarining korporativ menejmentiga doir xalqaro zamonaviy standartlarni joriy etish;
- aksiyadorlik jamiyatlarida davlat ulushini kamaytirish, xususiy va xorijiy aksiyadorlarni real iqtisodiyotning tarmoq va sektorlariga keng jalb qilishga yo'naltirildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi №PF-4720-sonli “Aksiyadorlik amiyatlarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi   Farmoni va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil   28 apreldagi № PF-2340-sonli “Iqtisodiyotda xususiy mulkchilikni ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarorining qabul qilinishi mazkur yo'nalishda muhim qadam bo'ldi.
Kengaytirilgan Hay'at yig'ilishida xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish, raqobatni rivojlantirish, monopoliyaga qarshi, iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish,  iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o'zgartirish borasida Qo'mita tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.

O'tgan 2015 yilda Qo'mita faoliyatining ustuvor yo'nalishlaridan biri bu muhtaram Prezidentimizning yuqorida qayd etilgan Farmonlarida nazarda tutilgan aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni ta'lim tomondan qo'llab-quvvatlashga qaratildi. Shu bois, korporativ boshqaruvning tashkiliy ishlari va zamonaviy uslublarini joriy qilishni metodik ta'minlash, shuningdek xalqaro talab va  standartlarga muvofiq ushbu sohada boshqaruv xodimlarini tayyorlash, hamda ularning malakasini oshirish asosiy vazifasi hisoblangan Korporativ boshqaruv ilmiy-ta'lim markazi tashkil etildi.

Korporativ boshqaruv ilmiy-ta'lim markazi hamda Germaniyaning Yevropa menejmenti va texnologiyalari maktabi tomonidan tashkil etilgan o'qish kurslarida respublika aksiyadorlik jamiyatlarining 160 ta  rahbar  xodimlari malaka oshirdilar va  80 ta rahbar xodimlar Germaniyada tashkil etilgan amaliy o'quv mashg'ulotlarida qatnashib, korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etgan yirik kompaniyalarda amaliyot o'tib kelishdi.

Kengaytirilgan Hay'at yig'ilishi yakunida  mamlakatimiz rahbari tomonidan  belgilab berilgan ustuvor yo'nalishlar va vazifalardan kelib chiqqan holda Qo'mita, uning hududiy organlari va tarkibiy tuzilma tashkilotlarining  2016 yilda amalga oshiradigan ishlari   belgilab olindi.

 

Qo'mita matbuot xizmati.

http://www.gkk.uz/