Нашр этиш
Курилди: 3406

“SIMURG” AKSIYADORLIK JAMIYATINING QISQACHA TARIXI


1994 yil 21 yanvarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni, xususiy mulkni himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori va “Radioelektrontexasbob” O’zbek Davlat radioelektron, elektr sanoati va asbobsozlik korxonasi bekor qilinishi munosabati bilan “Toshkent radioelektron apparatlari zavodi” – “O’zeltexsanoat” O’zbek radioelektron, elektr sanoati va asbobsozlik uyushmasiga kiritildi.

O’zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo’mitasi 28.12.1994 yildagi  k-PO 789-sonli Buyrug’iga asosan “Toshkent radioelektron apparatlari zavodi” “SIMURG” Radio Elekron Apparatlari Zavodi Ochiq turdagi Aksiyadorlik Jamiyatiga o’zgartirildi va Toshkent shahar Hamza tuman Hokimiyati  tomonidan 07.07.1995 yildagi № 667-sonli raqam bilan Ustav fondi 4 278 000 (To’rt million ikki yuz yetmish sakkiz ming) so’m miqdori bilan ro’yxatga olingan.

30.01.1996 yildagi Aksiyadorlar umumiy yig’ilishi qarori va Toshkent shahar Hamza tumani xokimining 08.02.1996 yildagi 143-sonli qaroriga muvofiq  “SIMURG” Radio Elekron Apparatlari Zavodi Ochiq turdagi Aksiyadorlik Jamiyati Ustav fondi 29 846 000 (Yigirma to’qqiz million sakkiz yuz qirq olti ming) so’m miqdorgacha oshirildi.

15.04.1999 yildagi Aksiyadorlar umumiy yig’ilishi qarori va Toshkent shahar Hamza tumani xokimining 15.04.1999 yildagi 422-sonli qaroriga muvofiq  “SIMURG” Radio Elekron Apparatlari Zavodi Ochiq turdagi Aksiyadorlik Jamiyati Ustav fondi 37 376 500 (O’ttiz yetti million uch yuz yetmish  olti ming besh yuz) so’m miqdorgacha oshirildi.

30.01.1996 yildagi Aksiyadorlar umumiy yig’ilishi qarori va Toshkent shahar Hamza tumani xokimining 08.02.1996 yildagi 143-sonli qaroriga muvofiq  “SIMURG” Radio Elekron Apparatlari Zavodi Ochiq turdagi Aksiyadorlik Jamiyat Ustav fondining  29 846 000 (Yigirma to’qqiz million sakkiz yuz qirq olti ming) so’m miqdorgacha oshirishda kiritilgan o’zgartirishlar munosabati bilan Jamiyat Nizomi qayta ro’yxatga olindi.

Toshkent shahar Hamza tumani xokimi 30.04.2007 yildagi 000235-07-sonli qaroriga muvofiq “SIMURG” Radio Elekron Apparatlari Zavodi Ochiq turdagi Aksiyadorlik Jamiyat Ustav fondini 87 376 500 (Sakson yetti million uch yuz yetmish olti ming besh yuz) so’m miqdorgacha oshirishda kiritilgan o’zgartirishlar munosabati bilan Jamiyat Nizomi qayta ro’yxatga olindi Toshkent shahar Hamza tumani xokimining 24.12.2009 yildagi 000235-07-sonli qaroriga muvofiq “SIMURG” Radio Elekron Apparatlari Zavodi Ochiq turdagi Aksiyadorlik Jamiyat Ustav fondini 687 376 500 (Olti yuz sakson yetti million uch yuz yetmish olti ming besh yuz) so’m miqdorgacha oshirishda kirirtilgan o’zgartirishlar munosabati bilan Jamiyat Nizomi qayta ro’yxatga olindi.

Toshkent shahar Hamza tumani xokimining 13.12.2011 yildagi 000235-07-sonli qarori bilan “SIMURG” Radio Elekron Apparatlari Zavodi Ochiq turdagi Aksiyadorlik Jamiyat Nizomi qayta ro’yxatga olindi.

O’zbekiston Respublikasining 06.05.2014 yil O’zRQ-370-sonli “Aksiyadorlik Jamiyati va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish” yangi tahrirdagi Qonuniga muvofiq Aksiyadorlik Jamiyatlarining ochiq va yopiq xususiy mulkchilik shakllari bekor qilindi.

Toshkent shahar Yashnobod tuman Hokimiyatidagi tadbirkorlik sub’yektlarini ro’yxatga olish inspeksiyasi tomonidan “SIMURG” Aksiyadorlik Jamiyat Nizomi yangi tahriri ro’yxatga olindi va  “SIMURG” Aksiyadorlik Jamiyati nomining o’zgarishi to’g’risida 02.12.2014 yilda 000235-07-sonli guvohnoma berildi.