Нашр этиш
Курилди: 16963

image0032015 yilda fond birjasida qimmatli qog'ozlar bilan amalga oshirilgan bitimlar soni so'nggi besh yildagi rekord ko'rsatkichni – 2794 tani tashkil etib, 2014 yilga nisbatan deyarli 3 marta (893 ta bitim) yuqori natija qayd etildi.
Yil mobaynida fond birjasi savdo aylanmasining umumiy hajmida ham sezilarli o'sish kuzatilib, yil boshidan buyon birja savdo aylanmasi 161,0 mlrd. so'mni tashkil qildi va 2014 yilga (97,6 mlrd. so'm) nisbatan 1,7 martaga oshdi. Bu davrda birja savdolari orqali 78 ta aksiyadorlik jamiyatining 357,0 mln. dona qimmatli qog'ozlari bilan birja bitimlari amalga oshirildi.
Umumiy birja savdo aylanmasida qimmatli qog'ozlar ikkilamchi bozorining ulushi 58,8 foizni yoki 94,7 mlrd. so'mni tashkil etdi. Bu 2014 yilga (32,2 mlrd. so'm) nisbatan deyarli 3 martaga yuqoridir. Shundan 7,5 mlrd. so'mligi korporativ obligatsiyalar bilan imzolangan bitimlardir. Birlamchi bozor ulushi esa 41,2 foiz yoki 66,3 mlrd. so'mdan iborat bo'ldi.
Birja umumiy savdo aylanmasida bank sektorining ulushi yuqori bo'lib, savdo aylanmasining 87,8 foizi yoki 141,4 mlrd. so'mlik hajmi tijorat banklarining qimmatli qog'ozlari bilan amalga oshirilgan bitimlar hissasiga to'g'ri keladi. Agrosanoat majmuasining ulushi esa – 7,4 foiz yoki 11,8 mlrd. so'mga yetdi.
Fond birjasining 2015 yil umumiy savdo aylanmasi tarkibi investorlar toifasiga ko'ra tahlil qilinganda, uning asosiy qismi, ya'ni 81,8 foizi (95,0 mlrd. so'm) yuridik shaxslar tomonidan kiritilgan investitsiyalardir. Shuningdek, o'tgan yil davomida fond birjasi savdolarida jismoniy shaxslarning ishtiroki sezilarli darajada faollashib, ro'yxatga olingan umumiy bitimlar sonining 77 foizi yoki 2153 donasi jismoniy shaxslar ishtirokida amalga oshirilgan.
Fond birjasi faoliyatining ustuvor yo'nalishlaridan biri respublikamizdagi moliyaviy barqaror va likvidli aksiyadorlik jamiyatlarini yanada ko'proq birja listingiga jalb qilish hisoblanadi. Agar 2015 yil boshida birja kotirovkalash varag'iga kirgan jamiyatlar soni 133 tani tashkil qilgan bo'lsa, yil davomida 128 ta yangi aksiyadorlik jamiyatlari birja listingiga kiritildi hamda 2015 yil 31dekabrь holatida birja kotirovkalash varag'iga kirgan jamiyatlar soni 261 taga tashkil etdi (31.12.2014y. holatida – 138 AJ).


Qo'mita Matbuot xizmati

http://www.gkk.uz/